Yoshlar kelajagimiz poydevori

05/02/2020 - 10:01 43

18-yanvar kuni Iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Asadillaevich Xo‘jaev jamoa yoshlari bilan uchrashdi.

Vazir tadbirni ocharkan, avvalambor, vazirlik jamoasini O‘zbekiston tarixida ilk marotaba ommaviy axborot vositasi, ya’ni O‘zbekiston Milliy axborot agentligi tomonidan tashkil etilgan “2019 yilning eng namunali vazirligi” tanlovida faxrli ikkinchi o‘rinni zabt etgani bilan qizg‘in tabrikladi. O‘z navbatida, bunday muvaffaqiyatga erishishda vazirlik jamoasi, ayniqsa, har bir yosh xodimning samarali mehnati va munosib hissasi borligini e’tirof etdi.

Shu bilan birga, vazir 2020 yilda jamoa oldida turgan ustuvor vazifalar xususida ham atroflicha to‘xtalib o‘tdi. Bu vazifalarni bajarishda yoshlarda intiluvchanlik, g‘ayrat-shijoat, sabr-qanoat, kelajakka qattiq ishonchga asoslangan fazilatlar nihoyatda muhim ekanini alohida ta’kidladi.

Tadbir davomida yoshlar o‘z fikr va takliflarini rahbariyat bilan o‘rtoqlashdi. Muloqot samimiy va ochiq ruhda bo‘lib o‘tdi.