Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

05/02/2020 - 09:57 104

Hukumat qarori (28-son, 16.01.2020 y.) bilan Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga muvofiq, Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini biznes bilan shug‘ullanishga jalb etish, boshlang‘ich kapital mablag‘laridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash tizimini kengaytirish va samaradorligini oshirish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Qaror bilan, shuningdek, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Nizom bilan Jamg‘arma tomonidan ko‘rsatiladigan moliyaviy yordam shakllari belgilab berildi.