Qonunchilik palatasining birinchi majlisi boshlandi

04/02/2020 - 18:40 25

Bugun, Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining saylovdan keyingi birinchi majlisi boshlandi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev ishtirok etmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamentiga muvofiq, quyi palata Spikerini saylash uchun Siyosiy partiyalar vakillari kengashi tuzildi. Mazkur kengashning taklifiga binoan, deputatlar yashirin ovoz berish yo‘li bilan Nurdinjon Ismoilovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Spikeri etib sayladilar.