"Jayhun biznes forum" da ishtirok eting.

31/01/2020 - 11:43 118

"Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi" va "Xorazm viloyati hokimligi" hamkorligida "Glass pro" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan 8 fevral kuni Xorazm viloyatida o‘tkaziladigan "Jayhun biznes forum" da ishtirok eting.

Ushbu forumda 4500 dan ortiq biznes egalariga dars bergan inson, qator treninglar muallifi, biznes konsultant, marketolog, sotuv bo‘yicha ekspert Ibraxim Gulyamov spiker sifatida ishtirok etadi.

Forumda ishtirok etish orqali siz quyidagi bilimlarga ega bo‘lasiz:

✅-Mijozlarni qadamma-qadam sotuvga olib kelish yo‘llari

✅-Mijoz portreti

✅-Sotuv voronkasi

✅-Qimmat sotish yo‘llari

✅-Sotuv texnikalari

va shu kabi jami 40 ga yaqin bilim va texnikalar.

Shu bilan birga O‘zbekistonda e'tirof etilgan marketing amaliyotchi ekspertlari mehmon spiker sifatida tashrif buyurishadi.

Forum yakunida Xorazm yulduzlari ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang.

Ro‘yxatdan o‘ting va o‘z joyingizni band qiling. (https://www.jayhunbf.uz/)