ADB bilan birgalikda ulkan marralar sari...

31/01/2020 - 11:25 29

Joriy yilning 23 yanvar kuni Osiyo taraqqiyot bankining (OTB) markaziy va g‘arbiy Osiyo bo‘limining katta mutaxassisi Priyanka Soud hamda O‘zbekistondagi doimiy vakolotxonasi direktor o‘rinbosari Enriko Pinali bilan Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori Mamatkulov Ganisher o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida olib borilayotgan ikki tomonlama hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Priyanka Soud bugungi kunga qadar tomonlar o‘rtasida bir necha bor uchrashuvlar o‘tkazilganligini hamda 2019 yil oxirida samarali uchrashuv bo‘lib o‘tganligini alohida ta’kidladi.

Priyanka Soud O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida “dasturiy” konsepsiyani joriy yil oxirigacha ishlab chiqilishi xaqida aloxida to‘xtalib o‘tdi. Konsepsiya “Sektorni rivojlantirish dasturi” (Sector development program) bo‘lib, 2-4 yil davomida amalga oshiriladi.

Uchrashuv davomida ko‘plab masalalar muxokama qilindi.