Tadbirkorlar uchun “Biznes navigator” axborot tizimi joriy qilinadi

10/06/2020 - 14:41 263

 
 
 
 

 

 

“Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Qarorda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi, Adliya vazirligi va Savdo-sanoat palatasi 2021 yilda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishni osonlashtirish, shu jumladan, quyidagilarga imkon yaratuvchi servislardan real vaqt rejimida foydalanishga yordam beradigan “Biznes navigator” axborot tizimini joriy qilish belgilangan.

 Unga ko‘ra:

tadbirkorlik faoliyatining tegishli hududdagi raqobatbardosh turini tanlash;

kredit olish uchun zarur bo‘lgan biznes-reja loyihasi va hujjatlar to‘plamini shakllantirish;

tegishli tadbirkorlik faoliyati uchun taqdim etilgan imtiyoz va preferensiyalar to‘g‘risida ma’lumot olish;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun ko‘chmas mulk ob’ektlarini tanlash.

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi “Biznes navigator” axborot tizimini yaratish bo‘yicha buyurtmachi etib belgilangan.

 

"Yangi O‘zbekiston" gazetasi