Tadbirkorlar hamisha davlat himoyasida

31/01/2020 - 11:23 49

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Oliy Majlisning Senati va Qonunchilik palatasiga yo‘llayotgan Murojaatnomasida tadbirkorlik sub’ektlari rivojiga qaratilgan “Kichik va o‘rta biznes“ loyihasini ishlab chiqamiz dedi.

Unga ko‘ra, endi tadbirkorlar uchun yer maydonlari, bo‘sh yerlar haqida ochiq ma’lumotlar taqdim etilib boriladi. Umuman, tadbirkorlik faoliyati nazorati bo‘yicha 2020 yilning birinchi choragidan ilg‘or tajribalar asosida zamonaviy tizim joriy etiladi. Bu nazorat natijasi mas’ul idoralar rahbarlari tomonidan har chorakda hisobot berib boriladi.

– Bugun jinoiy uyushma aylovini bekor qilish vaqti keldi, – dedi davlat rahbari. – Yuzlab tadbirkorlar bunday ayblovlardan aziyat chekdi. Ularga imkon va sharoit berish zarur. Tekshiruvlar esa oxirgi choralar bo‘lishi darkor.