Chora tadbirlarni ishlab chiqish belgilab olindi.

20/05/2020 - 13:27 180

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 2020 yil 19 may kuni tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Prezidentimiz topshirig‘iga ko‘ra, tadbirkorlik muhiti har bir tuman va shahar kesimida oyma-oy tahlil va xulosa qilib boriladi. Shuningdek, Biznes-ombudsman tadbirkorlar huquqi va mulk daxlsizligini buzgan tuman va shahar hokimlari to‘g‘risida hukumatga ma’lumot kiritib boradi. Vazirlar Mahkamasi tadbirkorlar muammosini hal qilmagan, ular bilan yetarli darajada ishlamagan shahar va tuman hokimlarining lavozimga loyiqligini ko‘rib chiqadi.

Tadbirkorlikni rivojlantirish agentligida  joriy yilning 20 may kuni videoselektorda  Prezidentimiz tomonidan berilgan masalalar va topshiriqlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha  yig‘ilish  o‘tqazildi. Yig‘ilishda xodimlar tomonidan “Xususiy mulk, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilishni ta’minlash, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar muxokama qilindi. Tadbirkorlikni rivojlantirish  bo‘yicha tavsiya va takliflar tayyorlash bo‘yicha chora tadbirlar ishlab chiqish belgilab olindi.