Prezident so‘zlari tadbirkorlarni xursand qildi

31/01/2020 - 11:20 44

Prezident so‘zlari tadbirkorlarni xursand qildi. Murojaatnomada qayd etilganidek, yaqinda qabul qilingan yangi “Soliq kodeksi“ga muvofiq, bu yildan ko‘plab yangiliklar amaliyotga joriy etilmoqda. Jumladan, soliq turlari o‘n uchtadan to‘qqiztaga kamaytirildi. Soliqlarni to‘lash muddatini uzaytirish yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berishga yengillashtirilgan mexanizmlar kiritildi. Birinchi marta tadbirkorlarga ichki bozorda sotgan mahsuloti bo‘yicha qo‘shimcha qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi joriy etilmoqda. Ushbu tartib faqat mahsulot eksport qilinganda qo‘llanar edi. Hozir ichki bozorga sotish bo‘yicha tadbirkorlarni qo‘llab quvvatlash maqsadida ishlar amalga oshirilyapti. Shu yilning o‘zida 3,4 trillion so‘m yoki o‘tgan yilga nisbatan ikki yarim baravar ko‘p mablag‘ qoladi. Endi tadbirkor tomonidan to‘langan ortiqcha soliq o‘z muddatida qaytarilmasa, unga markaziy bankning asosiy stavkasi bo‘yicha budjetdan foiz to‘lanadi.

– Buning ahamiyatini so‘zlarimni eshitayotgan shu yerda o‘tirgan va oynai jahon orqali eshitayotgan tadbirkorlar o‘ylaymanki hammadan ko‘ra yaxshi tushunadi va bu tadbirkorga juda yoqsa kerak – dedi Prezident Shavkat Mirziyoev.