Boʼsh ish oʼrinlari

04/02/2020 - 18:20 428

 

. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari - Vakant

. Ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab - quvvatlash boshqarmasi bosh mutaxassis - Vakant

. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish Boshqarmasiga, bosh mutaxassis - 2ta  Vakant

. Bosh yuristkonsult - Vakant

 

 

 

 

Agentlik malakaviy talablari

 

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining boʼsh lavozimlariga ishga qabul qilinadigan barcha nomzodlarga qoʼyiladigan talablar:

 

-moliya, iqtisodiyot va buxgalteriya yoʼnalishlarida oliy maʼlumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega boʼlishi lozim;

-oʼzbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompьyuter savodxonligi boʼyicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-innovatsion gʼoya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan oʼzgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlishi;

-jamoa bilan ishlash tajribasiga ega, soʼzlashish maʼdaniyatining mavjudligi.

-Odob-ahloq qoidalarini bilishi, bilim doirasi keng, intiluvchan, berilgan topshiriqlarni vijdonan oʼz vaqtida masʼuliyat bilan yondashgan holda sifatli bajara olish, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ega boʼlishi;

 

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi boshqarma boshligʼi lavozimiga qoʼyiladigan malaka talablari


Аsosiy talablar:

-moliya, iqtisodiyot va buxgalteriya yoʼnalishlarida oliy maʼlumotga hamda 3 yillik ish stajiga ega boʼlishi lozim (shu jumladan kamida bir yil rahbarlik lavozimlarida);

-oʼzbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompьyuter savodxonligi boʼyicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida erkin ishlay olishi;

-innovatsion gʼoya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan oʼzgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlishi;

-Jamoa bilan ishlash tajribasiga ega, soʼzlashish maʼdaniyatining mavjudligi.

-Odob-ahloq qoidalarini bilishi, bilim doirasi keng, intiluvchan, berilgan topshiriqlarni vijdonan oʼz vaqtida masʼuliyat bilan yondashgan holda sifatli bajarishi, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ega boʼlishi;


Qoʼshimcha talablar:

-mulkdorlar huquqlarini ximoya qilish, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʼllab-quvvatlashga oid Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni;

-iqtisodiyot va ishlab chiqarish asoslarini;

-biznes yuritish asoslarini, tadbirkorlik faoliyatining xavf-xatarlarini baholash mexanizmlarini, biznes loyihalarni ishlab chiqishni oʼzga xos xususiyatlarini, sarflanadigan materiallar hisob-kitoblarini;

-kichik biznes va tadbirkorlarning salohiyatli loyihalari va biznes tashabbuslarini tanlab olish mezonlarini va ularni moliyalashtirish tartiblarini;

-biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish boʼyicha davlat va hududiy dasturlarni ishlab chiqishda eʼtibor qaratiladigan asosiy jihatlarni, dasturlarni tegishli vazirlik, idoralar, tijorat banklari va mahalliy ijro etuvchi xokimiyat organlari bilan kelishish tartiblarini;

-elektron hujjat aylanishi va elektron raqamli imzo orqali maʼlumot almashish tizimini bilishi lozim.

 

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining

Bosh yuristkonsulь lavozimiga

 

Nomzodlarga qoʼyiladigan asosiy talablar:

-yuridik yoʼnalishida oliy maʼlumotga hamda 4 yillik ish stajiga ega boʼlishi lozim;

-oʼzbek, rus va ingliz tillarini mukammal bilishi;

-kompьyuter savodxonligi boʼyicha Microsoft Word, Excel, Power Point dasturlarida bemalol ishlay olishi;

-Innovatsion gʼoya va kreativ fikrlash, yangicha qarash va intilish bilan oʼzgartirishlar qila olish qobiliyatining mavjudligi;

-muzokaralar olib borish hamda yozishmalar boʼyicha koʼnikmalarga ega boʼlish;

-Jamoa bilan ishlash tajribasiga ega, soʼzlashish maʼdaniyatining mavjudligi.

-bilim doirasi keng, intiluvchan, berilgan topshiriqlarni vijdonan oʼz vaqtida masʼuliyat bilan yondashgan holda sifatli bajarishi, mehnatsevarlik kabi sifatlarga ega boʼlishi;

 

Nomzodlarga qoʼyiladigan qoʼshimcha talablar:


-Oʼzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va Qonunlari, Oliy majlis palatalarining Qarorlari, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari, Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlarining mazmun-mohiyatini va ularda amaliyotda toʼgʼri qoʼllashni bilishi;

-huquqni qoʼllash faoliyatida qonun ustuvorligi va qonuniylikni taʼminlashni bilishi;

-xodimlarning va tadbirkorlarning huquqiy madaniyati huquqiy savodxonligini oshirishda ularga normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun

-mohiyatini tushuntirish va oʼquv seminarlarda hamda zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalari orqali yetkazishni bilishi;

-shartnomaviy-huquqiy ekspertiza va talabnoma-daʼvo ishlarini yuritish, mulkiy va boshqa manfaatlarni ishonchli himoya qilishni bilishi;

-mehnat haqidagi qonunchilikni, shu jumladan mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi hujjatlarni ishlab chiqish, murojaatlar bilan ishlash tartiblarini bilishi;

-shartnomalar tuzish, bajarish, oʼzgartirish kiritish va bekor qilishning belgilangan tartiblarini bilishi lozim.

Kadrlar bo`limi: (71)-238-69-13, 28-15, (71)-238-69-97, 10-05