Agentlik haqida

27/01/2020 - 17:36 149

Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi - Agentlik Jahon banki tavsiyasiga ko‘ra tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash tizimini kengaytirish va uning samaradorligini oshirish, aholining keng qatlamlarini biznes yuritishga jalb qilish va boshlang‘ich kapitaldan foydalanish imkoniyatini ta’minlash bo‘yicha davlat organi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi
huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni
rivojlantirish agentligi to‘g‘risida
NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

  1. Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining (keyingi o‘rinlarda Agentlik deb ataladi) maqomi, vazifalari, funksiyalari, huquqlari, javobgarligi, faoliyatini tashkil etish va hisobot berish tartibini, shuningdek, uning rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligini belgilaydi.
  2. Agentlik tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni
    qo‘llab-quvvatlash, aholining keng tabaqalarini biznes bilan shug‘ullanishga jalb etish, boshlang‘ich kapital manbalaridan foydalanish imkoniyatini ta’minlash tizimini kengaytirish va samaradorligini oshirish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanadi.

Agentlik o‘z faoliyati to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
va sanoat vazirligiga (keyingi o‘rinlarda Vazirlik deb ataladi) hisobot beradi.

  1. Agentlik Vazirlikning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi va uning tizimiga kiradi.

Agentlik faoliyatini muvofiqlashtirish, nazorat qilish va unga umumiy rahbarlik qilish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash Vazirlik tomonidan amalga oshiriladi.

  1. Agentlik o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi
    va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, Vazirlar Mahkamasining qarorlari
    va farmoyishlariga, ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar va Vazirlikning qarorlariga amal qiladi.
  2. Agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilingan qarorlari davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijroiya hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shu jumladan, fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
  3. Agentlik uning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha o‘z faoliyatini Vazirlik, davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat organlari, tijorat banklari, nodavlat notijorat va boshqa tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi.
  4. Agentlik yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga
    va blankalarga, mustaqil balansga, shaxsiy g‘azna hisobvaraqlariga,
    bank hisobvaraqlariga, shu jumladan, xorijiy valyutadagi bank
    hisobvaraqlariga egadir.
  5. Agentlikning rasmiy nomi:
  6. a) davlat tilida:

to‘liq nomi – O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;

qisqartirilgan nomi – Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi;

  1. b) ingliz tilida:

to‘liq nomi – Agency for the development of small business
and yentrepreneurship under the Ministry of Economy and Industry of the Republic
of Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi – Agency for the development of small business and yentrepreneurship;

  1. v) rus tilida:

to‘liq nomi – Agentstvo po razvitiyu malogo biznesa
i predprinimatelstva pri Ministerstve ekonomiki i promыshlennosti Respubliki Uzbekistan;

qisqartirilgan nomi – Agentstvo po razvitiyu malogo biznesa
i predprinimatelstva.

  1. Agentlik joylashgan joy (pochta manzili): Toshkent shahri, Qoratosh ko‘chasi, 1-uy (11- qavat).

2-bob. Agentlikning vazifalari va funksiyalari

  1. Quyidagilar Agentlikning asosiy vazifalari hisoblanadi:

kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish;

vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, biznes muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish;

ishbilarmonlik muhitining joriy holatini o‘rganish, shu jumladan, so‘rovnomalar o‘tkazish asosida, hamda yer uchastkalari taqdim etish
va qurilish-montaj ishlarini bajarish tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi, boshqa moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash;

biznesni kengaytirishni rag‘batlantirishga, qo‘shimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga, eksportni ko‘paytirishga, doimiy
ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish;

kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, aholining ijtimoiy himoyaga qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatish;

yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va o‘rta korxonalar – oraliq tovarlar va xizmatlar (xomashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish;

kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini qonunchilik, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari
va boshqalar) tizimini shakllantirish;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish;

Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda yaqindan hamkorlik qilish.

  1. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalarga muvofiq quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi:
  2. a) kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishga qaratilgan yagona davlat siyosatini amalga oshirish sohasida:

manfaatdor vazirliklar, idoralar, tijorat banklari va tadbirkorlik sub’ektlari bilan birgalikda kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha takliflarni ishlab chiqadi;

tadbirkorlikni istiqbolli rivojlantirish bo‘yicha asosiy yo‘nalishlar yuzasidan takliflarni ishlab chiqadi, shuningdek, tegishli dasturlarni tayyorlash va amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashni ta’minlaydi;

respublikada kichik va o‘rta biznesni, xususiy tadbirkorlikning barcha shakllarini rivojlantirishni baholash uchun milliy indikatorlar tizimini ishlab chiqadi va takomillashtiradi;

tadbirkorlikni rivojlantirish sohasida xalqaro va davlatlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va rivojlantirishda ishtirok etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, davlat organlari
va xususiy sektor, xalqaro moliya institutlari, donor tashkilotlar
va boshqa manfaatdor tomonlar o‘rtasida tadbirkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘zaro hamrohlik qilishni tizimli ta’minlaydi;

muammolarni hamda islohotlarni ro‘yobga chiqarish yakunlarini tizimli o‘rganish asosida ilg‘or xalqaro tajribani hisobga olgan holda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tegishli hujjatlar va dasturlarni bajaradi;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarining kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlari bilan ish olib borish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtiradi;

tadbirkorlikni rivojlantirishni tubdan yaxshilash, xususiy mulkchilik darajasi va ahamiyatini oshirish, davlatning iqtisodiyotda,
shu jumladan, davlat va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlik qilish uchun shart-sharoitlarni yaratish, xususiy sektorga davlat funksiyalarini topshirish yo‘li bilan davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, shuningdek, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etishga, tadbirkorlikka ishonchli himoyani ta’minlash va ko‘proq erkinlik berishga, xususiy mulkchilik
va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan dasturiy chora-tadbirlarni amalga oshirish chora-tadbirlarini ro‘yobga chiqarish jarayoni ustidan monitoring olib boradi;

  1. b) Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
    va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes
    va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish sohasida:

kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga va hududiy dasturlarga kiritish bo‘yicha takliflarni yig‘ish, sifatli va o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va umumlashtirish tizimini tashkil etadi;

zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni amalga oshirish jarayoni monitoringini olib borish tizimini joriy etadi;

hududning amaldagi ehtiyojlaridan va mavjud mehnat, tabiiy
va mineral-xomashyo resurslaridan kelib chiqib mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan birgalikda mavjud moliyaviy resurslar doirasida kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari
va hududiy dasturlarni ishlab chiqadi;

tayyorlangan dasturlarni Vazirlikka va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga ko‘rib chiqish uchun kiritadi;

kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha tasdiqlangan dasturlarni amalga oshirishni tashkil etadi va amalga oshirilishi ustidan monitoring olib boradi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari va manfaatdor tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda loyihalari kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlariga va hududiy dasturlarga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi;

o‘tkazilgan monitoring natijalariga ko‘ra kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini va hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayoni to‘g‘risidagi hisobotlarni tuzadi va e’lon qiladi;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda kichik biznes
va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari va hududiy dasturlar barbod bo‘lishiga va o‘z vaqtida amalga oshmasligiga olib kelgan sansalorlik va byurokratizm holatlariga yo‘l qo‘yish bo‘yicha vazirliklar, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning mansabdor shaxslariga nisbatan javobgarlik choralarini qo‘llash yuzasidan takliflar kiritadi;

  1. v) vakolatli davlat organlari va tashkilotlarining kichik biznes
    va tadbirkorlikni rivojlantirishni rag‘batlantirish, biznes muhitini yaxshilash uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishni tashkil etish sohasida:

tadbirkorlik faoliyatini, shu jumladan, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalarida tashkil etish va amalga oshirish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha davlat boshqaruvi va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari faoliyatidagi mavjud kamchiliklar va zaif joylarini bartaraf etish yuzasidan muayyan chora-tadbirlar va takliflarni ishlab chiqadi;

tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish yuzasidan asoslangan takliflar tayyorlaydi;

xalqaro reytinglarda, xususan, “Doing Business” reytingida O‘zbekiston Respublikasining ko‘rsatkichlarini yaxshilash ishida ishtirok etadi;

  1. g) ishbilarmonlik muhitining joriy holatini o‘rganish, shu jumladan, so‘rovnomalar o‘tkazish asosida, hamda yer uchastkalari taqdim etish va qurilish-montaj ishlarini bajarish tartib-taomillarini soddalashtirish, kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining ishlab chiqarish infratuzilmasi, boshqa moddiy-xomashyo va moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini yaxshilash, shuningdek, kichik biznes
    va tadbirkorlikni rivojlantirishga to‘sqinlik qilayotgan byurokratik to‘siqlar va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tayyorlash sohasida:

ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish bo‘yicha muntazam so‘rovnomalar o‘tkazadi, keyinchalik aniqlangan muammolarni chuqur o‘rganadi va ularni bartaraf etish yuzasidan takliflarni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritadi;

Internet tarmog‘ida va boshqa ommaviy axborot vositalarida materiallar e’lon qilish monitoringini olib boradi, ishbilarmonlik muhitining joriy ahvolini o‘rganish, shu jumladan, so‘rovnomalar asosida hamda uni yaxshilash yuzasidan tegishli takliflar tayyorlash uchun ijtimoiy tarmoqlarda va Agentlikning Internet tarmog‘idagi saytida rasmiy sahifasini olib boradi;

tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun muntazam seminarlar, munozaralar va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;

  1. d) biznesni kengaytirishni rag‘batlantirishga, qo‘shimcha qiymat yaratishning yaxlit zanjirlarini shakllantirishga, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirishga, eksportni ko‘paytirishga, doimiy ish o‘rinlarini yaratishga yo‘naltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etish sohasida:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar
va Toshkent shahri hokimliklari bilan birgalikda har bir loyihani amalga oshirish bo‘yicha muayyan maqsadlarni belgilab, davlat-xususiy sheriklik
va «klasterli yondashuvni» joriy etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

qo‘shilgan qiymatni yaratish bo‘yicha yaxlit zanjirlar shakllantirilishini, zamonaviy texnologiyalar o‘zlashtirilishini, eksport ko‘rsatkichlarini, respublikada doimiy ish o‘rinlari yaratilishini tahlil qiladi, o‘tkazilgan tahlil yakunlari bo‘yicha asoslangan takliflar tayyorlaydi;

xorijiy mamlakatlarning hukumat va nohukumat tashkilotlari, xalqaro moliya institutlari va tashkilotlari bilan texnologiyalar transferiga va ularning O‘zbekiston Respublikasi tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro aloqasini ta’minlashga doir muzokaralarni belgilangan tartibda olib boradi;

biznesni kengaytirishni rag‘batlantirishga yo‘naltirilgan natijaga qaratilgan vositalarni joriy etishga doir ilg‘or xorijiy tajribani
va qo‘llaniladigan xalqaro standartlarni o‘rganadi;

  1. ye) yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va o‘rta korxonalar – oraliq tovarlar va xizmatlar (xom ashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish mexanizmlarini joriy etish sohasida:

yirik ishlab chiqaruvchilar hamda kichik va o‘rta korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani yo‘lga qo‘yish yuzasidan muzokaralar olib boradi va choralar ko‘radi, shuningdek, shu asosda ular o‘rtasida klasterli tizimni
joriy etadi;

tijorat banklari bilan birgalikda tijorat banklarida yirik korxonalarning portfelli investitsiya depozitlarini shakllantirish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

yirik ishlab chiqaruvchilar tomonidan kichik va o‘rta korxonalar – oraliq tovarlar va xizmatlar (xomashyo, butlovchi qismlar va boshqalar)ni yetkazib beruvchilar faoliyatini, shu jumladan, tijorat banklarida maqsadli depozitlar ochish hisobiga moliyalashtirish mexanizmlarini yaratish va yo‘lga qo‘yishda tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqadi hamda metodologik va maslahat berish ko‘magini amalga oshiradi;

  1. j) kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, aholining zaif qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatish sohasida:

yuridik va jismoniy shaxslarning murojaatlarini, shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish qabulxonalari orqali tushgan murojaatlarini ko‘rib chiqadi;

ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar, davlat organlari va tashkilotlarining rasmiy saytlari, shuningdek, boshqa axborot resurslari orqali, shu jumladan, matbuot konferensiyalari
va brifinglarni tashkil etish yo‘li bilan Agentlik va Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining imkoniyatlari
va ishlash mexanizmi bo‘yicha jamoatchilik orasida keng tushuntirish ishlarini olib boradi;

kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlariga, shu jumladan, aholining zaif qatlamlarining tadbirkorlik tashabbuslariga kafilliklar
va kafolatlar, shuningdek, tijorat banklari kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini qoplash uchun kompensatsiya berish shaklida moliyaviy yordam ko‘rsatilishini tashkil etadi;

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan aholining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan zaif qatlamlariga belgilangan tartibda subsidiyalar ajratilishini tashkil etish masalalari bo‘yicha o‘zaro aloqalarni amalga oshiradi;

  1. z) kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash tizimini shakllantirish sohasida:

O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi bilan birgalikda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini,
shu jumladan, aholining imkoniyatlari cheklangan zaif qatlamlarini kasblar va mutaxassisliklarga, tadbirkorlik faoliyati sohasi bo‘yicha qonun hujjatlari, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha o‘qitishni (bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari, o‘quv markazlari, biznes-inkubatorlar, axborot xizmatlari va boshqalar) tashkil etadi;

bepul telefon va onlayn-maslahat xizmatlari va boshqa platformalarni, qonun hujjatlari, yangi texnologiyalar va mahsulotlar, bozorlar va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha muntazam o‘quv kurslari
va boshqa tadbirlar o‘tkazilishini tashkil etadi va zarur tarzda faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi;

kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun metodik va o‘quv materiallari, boshqa axborot-maslahat berish resurslarining doimiy ma’lumotlar bazasini yaratadi va olib boradi, bunda ulardan bepul va to‘liq foydalanish imkonini ta’minlaydi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama qilish uchun seminarlar, munozaralar va boshqa tadbirlarni o‘tkazadi;

aholining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan zaif qatlamlarini “oilaviy tadbirkorlikni” rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari doirasida bo‘shayotgan avval ajratilgan kreditlarni “Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB va AT “Xalq banki”da joylashtirishdan olingan qo‘shimcha daromadlar hisobidan
ushbu tadbirlarni moliyalashtirish bilan, ularni talab qilinadigan kasblar va mutaxassisliklarga o‘qitishga yo‘naltirilgan ijtimoiy
va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi vositalarni shakllantiradi;

aholining tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish imkoniyati cheklangan zaif qatlamlarini tijorat banklarida erkin mablag‘larni joylashtirishdan Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlari hisobidan ushbu tadbirlarni moliyalashtirish bilan, ularni talab qilinadigan kasblar
va mutaxassisliklarga o‘qitishga yo‘naltirilgan ijtimoiy va nomoliyaviy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yangi vositalarni shakllantiradi;

  1. i) xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish sohasida:

kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash loyihalarini amalga oshirish, ularga texnik va maslahat ko‘magini tashkil etish, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalarni amalga oshirish uchun xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, kreditlari va texnik ko‘magini jalb etish masalalarini ishlab chiqadi;

xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlarining grantlari, imtiyozli kreditlari, maqsadli portfelli investitsiyalari va boshqa mablag‘lari hisobiga Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining resurs bazanisi kengaytirish bo‘yicha birgalikda choralar ko‘radi;

  1. y) tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari bilan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha davlat va hududiy dasturlarni tayyorlash, ushbu sohadagi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda hamkorlik qilish sohasida:

tadbirkorlik masalalari bo‘yicha murojaatlarni tahlil qiladi, Tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalariga tadbirkorlik faoliyatiga to‘sqinlik qilayotgan muammoli masalalarni hal etish va to‘siqlarni bartaraf etishga ko‘mak ko‘rsatadi;

tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq muammoli masalalarni joyiga chiqib o‘rganadi va ularni hal etish yuzasidan takliflar tayyorlaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda,
shu jumladan, Tadbirkorlik faoliyati asoslarini o‘qitish respublika markazi negizida vazirliklar, idoralar va boshqa tashkilotlarning mutaxassislarini o‘qituvchilar va murabbiylar sifatida jalb qilgan holda tadbirkorlarning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish bo‘yicha qisqa muddatli va o‘rta muddatli o‘quv kurslari, seminarlar
va treninglarni tashkil etadi;

biznes uchun, shuningdek, tadbirkorlar moliyaviy, tovar-xomashyo resurslari, muhandislik va kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanishi, investitsiyaviy va ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish, mulkiy
va nomulkiy javobgarlikni sug‘urta qilish uchun imkoniyatlar, imtiyozlar masalalari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishga yo‘naltirilgan ma’lumot beruvchi materiallarni va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini ishlab chiqadi.

3-bob. Agentlikning huquqlari va javobgarligi

  1. Agentlik o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:

kichik biznes va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish va ishlab chiqishda ishtirok etish, shuningdek, ular bo‘yicha o‘z xulosalarini berish;

davlat organlari va boshqa tashkilotlardan o‘z vakolatlari jumlasiga kirgan masalalar bo‘yicha ma’lumotlar va materiallarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;

Agentlikka yuklangan vazifalardan kelib chiqib tadbirkorlik sohasida qonun hujjatlarini takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritish;

Vazirlik bilan kelishgan holda kontrakt asosida malakali mahalliy va xorijiy mutaxassislarni xodimlar va maslahatchilar sifatida jalb qilish;

normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini, shuningdek, Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish bilan bog‘liq boshqa hujjatlarni kiritish;

O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari loyihalarini belgilangan tartibda ishlab chiqish, Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha idoralararo tusdagi xalqaro shartnomalarni belgilangan tartibda tuzish;

Vazirlik bilan kelishgan holda Agentlikning vakolatlari jumlasiga kiritilgan masalalar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining manfaatlarini xalqaro darajada belgilangan tartibda ifodalash;

Vazirlik bilan kelishgan holda o‘z vakolatlari doirasida xalqaro
va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlik qilish;

Agentlikning faoliyatini keng yoritish maqsadida saytlarni, shuningdek ijtimoiy tarmoqlarda sahafalarni yaratish;

o‘z vakolatlari doirasida konferensiyalar, seminarlar, simpoziumlar o‘tkazish, shuningdek, boshqa tashkilotlar tomonidan o‘tkaziladigan shunga o‘xshash xorijiy tadbirlarda ishtirok etish;

kichik biznes va tadbirkorlik sohasining dolzarb va istiqbolli rivojlantirish muammolarini ishlab chiqish maqsadida ishchi guruhlarni, shu jumladan xorijiy ekspertlar ishtirokida tuzish;

tadbirkorlik sub’ektlariga xorijiy va xalqaro tashkilotlarning moliyaviy va texnik yordamini jalb qilishda ko‘maklashish.

Agentlik qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

  1. Agentlik:

unga yuklangan vazifalar zarur tarzda va samarali bajarilishi, shuningdek, tegishli sohada davlat siyosati amalda olib borilishi;

kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha dasturlar, tadbirlar rejalari, “yo‘l xaritasi” va boshqa hujjatlar samarali amalga oshirilishi;

Agentlikning vakolatlariga taalluqli masalalar bo‘yicha tadbirkorlik sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini va himoya qilinishini ta’minlash uchun javob beradi.

4-bob. Agentlik faoliyatini tashkil etish

1-§ . Agentlik faoliyatini tashkil etish

  1. Agentlikka O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan direktor – O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vazirining o‘rinbosari boshchilik qiladi.
  2. Agentlik direktori O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan
    va lavozimdan ozod etiladigan ikki nafar o‘rinbosarga, shu jumladan bir nafar birinchi o‘rinbosarga ega.

Agentlik direktorining o‘rinbosari bir vaqtning o‘zida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijro etuvchi direktori hisoblanadi.

2-§. Agentlik rahbarlarining funksional majburiyatlari

  1. Agentlikka yuklangan vazifalarga muvofiq Agentlikning rahbarlari quyidagi funksional majburiyatlarni bajaradi:
  2. a) Agentlik direktori:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, shuningdek, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etadi;

yakkaboshchilik asosida Agentlik faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi va Agentlikka yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;

direktor o‘rinbosarlarining va Agentlikning boshqa mansabdor shaxslarining faoliyatning ayrim yo‘nalishlari va uchastkalariga rahbarlik qilish bo‘yicha vakolatlarini va shaxsiy javobgarligi darajasini belgilaydi;

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan Agentlikning ish yuritish sahasiga daxldor takliflar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarida kichik biznesni va tadbirkorlikni rivojlantirish sohasiga oid davlat siyosatiga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi, tayyorlangan hujjatlar loyihalariga viza qo‘yadi. Tegishli hujjatlar qabul qilinganidan keyin ularning amalga oshirilishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatilishini ta’minlaydi;

o‘z vakolatlari doirasida Agentlik xodimlari uchun bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi, ko‘rsatmalar beradi;

belgilangan tartibda ishga qabul qilish va Agentlik xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish ishlarini amalga oshiradi, shuningdek, ularning samarali mehnat qilishlari uchun zarur
shart-sharoitlarni yaratadi va Agentlikning kadrlar zaxirasini shakllantiradi;

Agentlik tarkibiy tuzilmalari to‘g‘risidagi nizomlarni va uning xodimlari lavozim yo‘riqnomalarini tasdiqlaydi;

O‘zbekiston Respublikasining “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida”gi Qonuniga muvofiq jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlarini ijro etish muddatlariga qat’iy rioya etilishini ta’minlaydi;

Agentlik faoliyati rejalashtirilishini tashkil etadi, Agentlikning choraklik ish rejalarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;

qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni amalga oshiradi;

  1. b) Agentlik direktorining birinchi o‘rinbosari:

Agentlikka yuklangan vazifalarni bajarishda Agentlikning tegishli bo‘linmalari bilan o‘zaro munosabatlarni amalga oshiradi;

rahbariyatning topshirig‘iga binoan kichik biznesni
va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalarning
va dasturlarning bajarilishini muvofiqlashtiradi;

Agentlikning o‘ziga topshirilgan va mutasaddilik qilinadigan bo‘linmalari ustidan bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;

Agentlik tarkibiy tuzilmalari boshliqlari va mutaxassislari lavozimlariga nomzodlarni direktor tomonidan tasdiqlanishi uchun belgilangan tartibda kiritadi;

Agentlikning o‘zi mutasaddilik qilayotgan bo‘linmalari boshliqlari va mutaxassislarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, rag‘batlantirish yoki intizomiy jazo choralarini qo‘llash to‘g‘risidagi takliflarni kiritadi.

  1. v) Agentlik direktorining o‘rinbosari – Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining ijrochi direktori:

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining faoliyatini o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarga muvofiq tashkil etadi va uning faoliyati uchun shaxsan javob beradi;

Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining Ijroiya direksiyasi aktivlarni boshqarish, tahlil va ekspertiza qilish, biznesni, shu jumladan, investitsiya loyihalarini moliyalashtirish sohasidagi malakali mutaxassislar bilan belgilangan xodimlar soni doirasida to‘ldirilishini tashkil etadi.

3-§. Agentlik rahbarlarining javobgarligi

  1. Agentlik direktori:

ushbu Nizom bilan, boshqa qonun hujjatlari bilan o‘ziga yuklangan vazifalarni sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi, shuningdek, Agentlik ishidagi kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rilishi;

amalga oshirilayotgan dasturlar, strategiyalar va konsepsiyalar bo‘yicha kutilgan natijalarga erishilishi;

Agentlikda ijro intizomiga og‘ishmay rioya etilishi uchun javob beradi.

  1. Agentlik direktorining o‘rinbosarlari:

tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha topshiriqlar o‘z vaqtida va samarali bajarilishi;

biriktirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish vazifalarini va dasturlarini ta’minlash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarning samaradorligi va natijadorligi uchun javob beradilar.

4-§. Agentlikning davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari va boshqa tashkilotlar, shuningdek tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlari

  1. Agentlik davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik qilishda:

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek, tijorat banklarining faoliyatini Agentlik vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalar bo‘yicha muvofiqlashtiradi;

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining Tadbirkorlar murojaatlarini ko‘rib chiqish bo‘yicha qabulxonalari hamda tijorat banklari bilan birgalikda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda va tadbirkorlik tashabbuslarini amalga oshirishda mavjud muammolarning tizimli tahlil qilinishini tashkil etadi, shu asosda keyinchalik tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash sohasiga oid qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflarni tayyorlaydi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, shuningdek, tijorat banklari rahbarlari va mutaxassislari ishtirokida majlislar chaqiradi;

davlat boshqaruvi organlari, mahalliy ijro hokimiyati organlari, boshqa tashkilotlar, shuningdek, tijorat banklaridan o‘z vakolatiga tegishli ma’lumotlar bazasini va axborot resurslarini yaratish uchun zarur axborotni so‘rab oladi;

o‘z vakolatlariga doir masalalar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq muammolarni hal qilish yuzasidan davlat
va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi;

Agentlik vakolatiga kiritilgan masalalar bo‘yicha belgilangan tartibda takliflarni tayyorlash va kiritishda ishtirok etadi;

tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va Agentlik vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan hamkorlik qiladi.

5-bob. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash, xodimlar mehnatiga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish
va ijtimoiy himoya qilish

  1. Agentlik faoliyatini moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Agentlikning budjetdan tashqari mablag‘lari, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlarining bir qismi, xalqaro moliya institutlari
    va xorijiy tashkilotlarning grantlari, shuningdek, qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
  2. Agentlik boshqaruv xodimlariga nisbatan Vazirlikning markaziy apparati xodimlari uchun belgilangan mehnatga haq to‘lash, moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya shartlari tatbiq etiladi.
  3. Agentlik xodimlarni rag‘batlantirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash maqsadida Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining boshqaruv Kengashi qarori asosida Agentlikka Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlarining bir qismi mablag‘lari yo‘naltirilishi mumkin.
  4. Agentlik xodimlarining ish haqi lavozim maoshidan, mukofotlardan, qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalardan, rag‘batlantiruvchi to‘lovlardan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan qo‘shimcha moddiy rag‘batlantirishlardan tashkil topadi.
  5. Agentlik xodimlari mehnatiga haq to‘lash va moddiy rag‘batlantirish manbai O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti, Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasining qo‘shimcha daromadlarining bir qismi mablag‘lari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalardan iborat.

6-bob. Agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari

  1. Faoliyat samaradorligini baholash:

direktorning faoliyatini baholash Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi;

direktor o‘rinbosarlarining faoliyatini baholash Vazirlik tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida amalga oshiriladi;

tarkibiy bo‘linmalar boshliqlari va boshliq o‘rinbosarlarining, shuningdek, Agentlik xodimlarining faoliyati Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan baholash mezonlari asosida baholanadi.

  1. Faoliyatning samaradorligi va natijadorligini baholash yakunlari asosida Agentlik rahbarlari va xodimlariga nisbatan rag‘batlantirish (mukofotlash) yoki intizomiy jazo choralari qo‘llanadi.

7 - bob. Yakunlovchi qoida

  1. Agentlik muntazam ravishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi va Vazirlikka o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot berib turadi.
  2. Agentlikni qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.